Unda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. O’quv seminarlari davomida BBC agentligi vakolatxonasi rahbari, xalqaro ekspert S.Stanovkin ishtirokchilarga strategik va tezkor kommunikatsiya yuritish ko’nikmalarini shakllantirish, yolg’on axborotlarga munosabat bildirish, inqirozli vaziyatlarda samarali yechim topish, media-platformalar tahlilini yuritish mavzularida ma’ruzalar o’tdi.