Qozog'istonda konstitutsion islohotlar e'lon qilingach saylov tizimida bir qancha o'zgarishlar yuz berdi. Jumladan, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o'zgartirildi. Viloyat hokimlarini saylash tartibi joriy etildi. Siyosiy partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi soddalashtirildi.
Saylov tizimi mojaritar tizimdan aralash saylov tizimiga o'tkazildi. Nomzodlarni ko'rsatish va deputatlik mandatlarini taqsimlashda ayollar va yoshlar uchun alohida 30 foizlik kvota joriy etildi.
Prezident Qosim Jo'mart Toqayev Qozog'iston xalqiga murojaatnoma yo'lladi va tez orada saylovoldi dasturini e'lon qilishini bildirdi.