Sloveniya saylov qonunchiligiga ko'ra prezidentlikka nomzodini qo'ygan shaxs quyidagi uchta talabdan birini bajarishi zarur:
1. Milliy assambleya a'zolarining 10 nafari nomzodni qo'llashi
2. Bir yoki bir qancha partiyalarning, Milliy assambleyaning 3 nafar a'zosining yoki 3000 nafar saylovchining qo'llashi
3. 5000 nafar saylovchining qo'lloviga ega bo'lishi kerak.
Har bir siyosiy partiya faqatgina bitta nomzodni qo'llab-quvvatlashi mumkin. Bu yilgi saylovda 7 ta nomzod prezidentlik uchun kurashdi.
Sloveniya Davlat saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra 99.93% ovozlar sanab chiqilgan. Saylovda ishtirok etganlar 51.06% tashkil etmoqda. Hozirda nomzodlar orasida Anze Logar 33.96%, Natasha Musar 26.87% ovoz olib ikkinchi tur saylovda ishtirok etishi mumkin.