Majlis kun tartibiga koʻra, Markaziy saylov komissiyasiga 2022-yil yanvar-sentabr oylarida kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari muhokama qilindi.
Murojaatlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, Markaziy saylov komissiyasiga 2022-yilning 9 oy davomida kelib tushgan murojaatlarni 77% Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 23% fuqarolar tomonidan bevosita tashkilotning oʻziga (jumladan: 80% yozma, 14,3% ogʻzaki va 5,4% Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali) kelib tushgan murojaatlar boʻlib, ularning barchasi muddatida koʻrib chiqilgan.
Kelib tushgan murojaatlar oʻz ichiga quyidagi mazmundagi masalalarni qamrab olgan: 4% Markaziy saylov komissiyasi faoliyatiga oid, 6% mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga oid, 3% fuqarolar yigʻini raisi(oqsoqoli) sayloviga oid, 27% sud-huquq masalalari , 19% ijtimoiy masalalar, 5% yer masalasi hamda 1% qonunchilikka taklif hisoblanadi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi holati boʻyicha tahlillarga koʻra, murojaatlarning 32% Qashqadaryo viloyati, 19,3%, Surxondaryo viloyati, 10,7% Samarqand viloyati hamda 8,2% Buxoro viloyatiga toʻgʻri keladi.
Murojaatlarning 6% ga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksining tegishli moddalari talablari boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, 87% ga esa “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq mazmunan koʻrib chiqish uchun vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarga taalluqliligi boʻyicha yuborilgan. Hisobot davrida birorta ham murojaat rad etilmagan.
Majlisda koʻrib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasining
Matbuot xizmati