• eye Maxsus imkoniyatlar
Malayziyada navbatdan tashqari parlament saylovi bo'lib o'tdi
21.11.2022
400
Malayziyada saylov yoshi 18 yosh hisoblanadi. 21 milliondan ortiq saylovchi parlamentdagi 222 o'rin uchun kurashgan 23 partiyaning 945 nafar nomzodiga ovoz berishdi.

Hukumat tuzish uchun partiyalar eng kamida 112 o'ringa ega bo'lishi kerak. 

Hukumat qarori bilan 10-oktabr kuni parlament tarqatib yuborilgach, 19-noyabrga saylov belgilandi. 5-noyabr kuni nomzodlar ko'rsatish boshlandi. Siyosiy partiyalar 14 kun davomida targ'ibot olib borishdi. 

19-noyabr Markaziy saylov komissiyasi Raisi o'rinbosari B.Kuchkarov boshchiligidagi MSK vakillari saylovini kuzatishdi. Onlayn kuzatuvda Malayziya saylov komissiyasi Raisi so'zga chiqib xalqaro kuzatuvchilarga Malayziya saylov tizimi haqida ma'lumot berdi. Shundan so'ng saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish jarayoni onlayn translyatsiya qilindi.