Majlis kun tartibidan F.Ermanovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ta’kidlash joiz, Oliy Majlisi Senati a’zosi Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining a’zosi Rasul Kusherbayev o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati