Nigeriya umummilliy saylovi 2023-yil 25-fevral
25-fevral kuni Nigeriya Federativ Respublikasida umummilliy saylovi oʻtkaziladi. Unga koʻra, mazkur saylovda mamlakat prezidenti, vitse-prezident lavozimlari uchun hamda Senat va Vakillar palatasi aʼzolarini saylash uchun umummilliy saylovlar boʻlib oʻtadi.
Gvineya parlament saylovi 2023-yil 4-iyun
4-iyun kuni Gvineya Respublikasida navbatdan tashqari parlament saylov oʻtkaziladi. Mazkur saylov amaldagi prezident Umaro Sissoko tomonidan 2022-yil 16-mayida parlamentni tarqatib yuborilgandan soʻng navbatdan tashqari oʻtkazilishI belgilangan.
Zimbabve umummilliy saylovi 2023-yil
2023-yil Zimbabve Respublikasida prezidentlik va Milliy Assambleya aʼzoligi uchun saylovlar boʻlib oʼtadi. Zimbabve parlamentiga 270 nafar aʼzo saylanadi. Zimbabve saylovlar aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi.
Gabon umummilliy saylovi 2023-yil
2023-yil Gabon Respublikasida prezident va parlament saylovi oʻtkazilishi belgilangan. Gabon Prezidenti koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Nomzodning qaysi biri birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, mutlaq koʻpchilik ovozini olgan-olmaganidan qatʼi nazar, saylangan hisoblanadi. Milliy Assambleyaning 143 nafar aʼzosi esa bir mandatli saylov okruglari boʻyicha ikki bosqichli tizimda saylanadi.
Liberiya umummilliy saylovi 2023-yil
2023-yil Liberiya Respublikasida prezident va Vakillar palatasini saylash uchun umumiy saylovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Prezident saylovi 2 tur saylov tizimida asosida tashkillashtiriladi. Vakillar palatasining 73 aʼzosi esa bir mandatli saylov okruglari boʻyicha mojaritar saylov tizimi orqali saylanadi.
Kongo umummilliy saylovi 2023-yil 20-dekabr
20-dekabr kuni Kongo Demokratik Respublikasida Prezident, Milliy Assambleyaning 500 aʼzosi, 26 viloyat assambleyasi aʼzolari va yangi konstitutsiyaga muvofiq birinchi marta 300 ga yaqin kommuna (shahar) kengashlari aʼzolari uchun saylovlar oʻtkaziladi.