2023-yilgi saylovda jami 8 nafar talabgor o'z nomzodini qo'ygan bo'lsa-da, NNTlar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomalar 3 nafar nomzodning yaqqol favorit ekanligini ko'rsatmoqda. Bular quyidagi nomzodlar:
Danuse Nerudova - yagona ayol nomzod. Mutaxassisligi iqtisodchi, Mendele universiteti rektori.
Andrey Babish - Chexiya siyosatidagi mashxur insonlardan. Sobiq Bosh vazir. Chexiyalik milliarder, ANO partiyasi lideri.
Petr Pavel - Chexiya armiyasining iste'fodagi generali. Uzoq yillar davomida NATO armiyasida faoliyat yuritgan.
Saylovning birinchi tur natijalariga ko'ra D.Nerudova - 13.9% , A.Babish - 34.99% , P.Pavel - 35.4 % ovoz olgan. Saylovchilarning ishtiroki Chexiya uchun rekord darajada - 68,23% ni tashkil etgan.
Ikkinchi tur saylovlarda P.Pavel hamda A.Babish ishtirok etadi. Ma'lumotlarga ko'ra ikkinchi tur saylovlar 27-28-yanvar kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.