• eye Maxsus imkoniyatlar
EʼLON
17.01.2023
456
2023 yil 18-yanvar soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

Majlis kun tartibidan 
- Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida saylov kodeksining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari toʻgʻrisidagi;
- Markaziy saylov komissiyasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi;
- 2023 yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar oʻrin olgan.

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.