21-yanvar Slovakiya referendumi
21-yanvar kuni Slovakiya Konstitutsiyasini oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumi boʻlib oʻtadi. Bunda Slovakiya konstitutsiyasining muddatidan oldin saylovlar oʻtkazish haqidagi qoidasini oʻzgartirish masalasi umumxalq muhokamasiga qo'yilgan.
5-mart Estoniya parlament saylovi
5-mart kuni Estoniya Respublikasida parlament saylovi oʻtkaziladi. Estoniya Davlat Assambleyasi Rigikogudagi 101 oʻrinlik deputatlik oʻrni uchun saylov boʻlib oʻtadi.
2-aprel Finlandiya parlament saylovi
2-aprel kuni Finlandiya Respublikasida parlament saylovi oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, Finlandiya parlamenti tarqatib yuborilsa muddatdan oldin saylov oʻtkazilishi mumkin.
19-mart Chernogoriya prezident saylovi
19-mart kuni Chernogoriyada prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Chernogoriya prezident saylovi tizimiga koʻra Chernogoriya prezidenti ikki bosqichli tizimda saylanadi, agar birinchi turda hech bir nomzod koʻpchilik ovozini olmasa, saylov oʻtkazilgan kundan ikki haftadan soʻng ikkinchi bosqich oʻtkaziladi.
Aprel oyida Andorra Knyazligi parlament saylov
Joriy yilning aprel oyida Andorra Knyazligi parlament saylovi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saylovda yigirma sakkizta bosh kengash aʼzolari yopiq partiya roʻyxatlari asosida saylanadi.
14-may Turkiya umummilliy saylov
14-may kuni Turkiya Respublikasida navbatdagi parlament va prezident saylovlari oʻtkazilishi maʼlum qilindi. Mazkur saylovlarda 87 saylov okrugidan saylovchilar 600 nafar deputatni Turkiya Buyuk Millat Majlisiga besh yil muddatga saylaydi. Shuningdek, Turkiya prezidenti saylovi ham bo'lib o'tadi. Nomzod saylanish uchun umumiy ovozlarning 50 foizdan koʻprogʻini olishi kerak. Agar nomzodlarning hech biri toʻgʻridan-toʻgʻri koʻpchilik ovozini qoʻlga kirita olmasa, birinchi turda eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida ikkinchi tur oʻtkaziladi, ikkinchi tur natijalarida gʻolib boʻlgan nomzod saylangan deb eʼlon qilinadi.
Iyul oyida Gretsiya parlament saylovi
Joriy yilning iyul oyida Gretsiya Respublikasida parlament saylovlari oʻtkaziladi. Mazkur saylovda nomzodlar parlamentdagi 300 nafar deputatlik oʻrni uchun kurash olib boradi.
8-oktabr Lyuksemburg umummilliy saylov
8-oktabr kuni Lyuksemburg Buyuk Gersogligida umummilliy saylovlar oʻtkaziladi.Unga koʻra, Deputatlar Palatasining 60 nafar aʼzosi toʻrtta koʻp mandatli saylov okrugi boʻyicha proporsional proporsional saylov tizimi orqali saylanadi.
22-oktabr Shvetsariya federal saylovi
22-oktabr kuni Shvetsariya Konfederatsiyasi federal saylovi oʻtkaziladi. Shvetsariya Milliy Kengashi va Davlatlar Kengashining barcha aʼzolarini saylaydi. Undan keyin 13-dekabrda Federal Kengashga, Shvetsariya hukumatiga va kollegial prezidentlikka saylovlar boʻlib oʻtadi.
11-noyabr Polsha parlament saylovi
11-noyabr kuni Polsha Respublikasida navbatdagi parlament saylovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saylovda nomzodlar Seymda 460 nafar deputatlik oʻrni uchun Senatda esa 100 nafar senatorlik oʻrni uchun kurash olib boradi. Polsha Seymi va Senati aʼzolarini saylash uchun parlament saylovlari navbatdan tashqari saylov tayinlangan taqdirda undan avval ham oʻtkazilishi mumkin.