• eye Maxsus imkoniyatlar
2023-yil dunyo boʻylab oʻtkaziladigan saylovlar haqida maʼlumot
25.01.2023
1044
(Osiyo qitʼasi boʻyicha)

Hindiston parlament saylovi

2023-yil Hindiston parlamentining yuqori palatasi Rajya Sabha hamda 9 ta hududda mahalliy vakillik organlari deputatlari uchun saylovlar boʻlib oʻtadi. Hindiston parlamenti ikki palatali boʻlib, yuqori palata saylovi kelgusida boʻladigan quyi palata saylovlari natijalari uchun muhim hisoblanadi.

7-may Tayland umummilliy saylovlari

2023-yil 7-may sanasida Taylandda umummilliy saylovlar boʻlib oʻtishi belgilandi. Vakillik organi 4 yil muddatga saylanadi. Parlamentdagi jami oʻrinlar 500 ta. Saylovda gʻalaba qozonish uchun u yoki bu partiya kamida 251 oʻrinni egallashi zarur. Tayland ovoz berish aralash saylov tizimi orqali yaʼni 400 oʻrin uchun nomzodlar majoritar tizimda, 100 oʻrin uchun nomzodlar partiya roʻyxati asosida proporsional tizimda saylanadi.

23-iyul Kombodja umummilliy saylovlari

2023-yil 23-iyul sanasida Kombodjada umummilliy saylovlar boʻlib oʻtadi. Parlamentning vakolat muddati 5 yil. Kombodja parlamentining 125 oʻrni bor. Saylovda gʻalaba qozonish uchun u yoki bu partiya kamida 63 oʻrinni egallashi zarur. Kombodja saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra mamlakatda jami saylovchilar 9 million 710 ming kishidan koʻproq.

Myanma umummilliy saylovlari

Myanmada parlament saylovi mamlakat qonunchiligiga koʻra 2023-yilning 1-fevralidan 1-avgustigacha boʻlgan vaqt oraligʻida oʻtkazilishi kerak. Myanmada saylovlar mojaritar uslubda oʻtkazilayotgan edi, Ittifoq saylov komissiyasiga koʻra ushbu saylov proporsional tizimda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Myanma parlamenti ikki palatali. Quyi palata (Pyithu Hluttaw) 440 oʻrinli. Yuqori palata (Amyotha Hluttaw) 224 oʻrinli.

12-oktabr Pokiston umummilliy saylovlari

2023-yil 12-oktabrda Pokistonda umummilliy saylov boʻlib oʻtadi. Pokiston parlamenti 5 yil muddatga saylanadi. Parlamentda 336 nafar oʻrin bor. 266 oʻrin uchun saylovlar proporsional tizimda oʻtkaziladi. 60 oʻrin ayollar uchun belgilangan boʻlib, proporsional tizimda saylanadi.