O‘quv-seminar xorijdagi referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, xorijdagi fuqarolarimiz zich joylashgan joylarda muddatdan oldin ovoz berishni tashkillashtirish o‘ziga xosliklari hamda xorijdagi referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish, natijalarini rasmiylashtirish va tegishli okrug komissiyasiga taqdim etish tartiblari to‘g‘risidagi mavzular yoritildi.
O‘quv-seminarda yoritilgan mavzular xorijdagi referendum uchastka komissiyalarining qiziqishini uyg‘otdi, seminar mavzularga oid savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.
O‘quv-seminar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolarimizning referendumda faol qatnashishi va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari ushbu huquqni taʼminlash uchun amalga oshirayotgan say-harakatlari juda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab o‘tdi.