• eye Maxsus imkoniyatlar
Maqolalar
Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar: milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Oʻzbekistonni dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda yana bir muhim amaliy qadam boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari Mahmud ISTAMOV bilan suhbat.
Mamlakatimiz sud-huquq sohasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan jadal islohotlar berayotgan yuksak samaralar xalqimizning huquq va erkinliklarini taʼminlash va yanada kengaytirishga qaratilgan hayotiy qonunlar qabul qilinayotganida ham oʻz inʼikosini topmoqda. Barcha sohalarda boʻlgani kabi, saylov qonunchiligining ham libreallashtirilayotgani, oʻz navbatida, saylovlarni ochiq-oshkora, shaffof, demokratik va umumeʼtirof etgan prinsiplar asosida oʻtkazishga xizmat qiladi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim qilgan Murojaatnomada: “Kelgusi yili mamlakatimizda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga navbatdagi saylov oʻtkaziladi. Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada oʻtkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ishlarini boshlashimiz zarur”, deb taʼkidlagan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt ichida Respublikamiz boʻyicha mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tuzildi.
Malumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish mexanizmlari yoritib berilgan.
Deputatlikka nomzodlar oʻz saylovoldi dasturini saylovchilarga tanishtirar ekan, ushbu jarayonni yanayam aholining chuqur qatlamlari hamda har bir saylovchiga yetib borishi uchun oʻzining ishonchli vakillari bilan hamkorlikda ish tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 24-sentyabr kuni oʻtgan navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini roʻyxatga olish masalasi koʻrib chiqildi.
Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etar ekan, oʻz maqsadlari va gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan saylovoldi dasturiga binoan deputatlikka nomzodlar koʻrsatadi va ularning saylanishi uchun keng qamrovli tashviqot ishlarini olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomda bu jarayon batafsil belgilab qoʻyildi.