• eye Maxsus imkoniyatlar
 № 1144 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida
05.10.2021
1147

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1144                                                      2021-yil 05-oktabr

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash bo‘yicha horijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ilovaga muvofiq akkreditasiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (J.Usmanov) akkreditasiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosining ta’minlanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                Z.Nizamxodjayev

ILOVA