• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1153 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida
18.10.2021
1277

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1153                                                      2021-yil 18-oktabr

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarining xolisona yoritib borilishini ta’minlash bo‘yicha mahalliy va horijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ilovaga muvofiq akkreditasiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (J.Usmanov) akkreditasiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosining ta’minlanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                                Z.Nizamxodjayev