• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1166 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida
15.04.2022
1230

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1166                                                     2022-yil  15-aprel

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2022 yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Komissiya kotibi X.Mamatovning axboroti ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil birinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasining ikkinchi chorakda ijrosini belgilangan muddatlarda, sifatli va samarali ta’minlashda Markaziy saylov komissiyasining a’zolari, bo‘lim boshliqlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyati yanada oshirilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

Rais                                                                   Z.Nizamxodjayev

 

Ilova