• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1196 N.T.Tursunovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida
19.12.2022
332

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1196                                                    2022-yil  19-dekabr

 


N.T.Tursunovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 85-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha 2022 yil 17 dekabr kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Navoiy viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Tursunov Normat Tulkunovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev