• eye Maxsus imkoniyatlar
№ 1208 T.A.Bobolovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida  
13.03.2023
330

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1208                          2023-yil 13-mart

 

T.A.Bobolovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Surxondaryo viloyatidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi To‘ra Abdiyevich Bobolov Senat aʼzosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. To‘ra Abdiyevich Bobolov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga yuborilsin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                   Z.Nizamxodjayev