• eye Maxsus imkoniyatlar
№1209 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash haqida
16.03.2023
936

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№ 1209                          2023-yil 16-mart

 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash haqida

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 18-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda – Kalendar reja) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, Saylov kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, shuningdek Kalendar rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Kalendar reja tegishli davlat organlari va tashkilotlari, siyosiy partiyalar va boshqa mutasaddi tashkilotlarga ijro etish uchun yuborilsin.

4. Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi axborotni ovoz beruvchi fuqarolar va referendumning boshqa ishtirokchilariga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yo‘li bilan yetkazish taʼminlansin.

5. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                         Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA