• eye Maxsus imkoniyatlar
№1266 Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish to‘g‘risida
24.05.2023
403

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1266                          2023-yil 24-may

 

Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish to‘g‘risida

 

Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishni tashkillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 39-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. Ekspert guruhlari:

siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini tekshiruv o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilinishini taʼminlasin;

imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligi tekshirilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1067-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qatʼiy rioya qilsin.

3. Mazkur qaror matni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA