• eye Maxsus imkoniyatlar
№1275 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
06.06.2023
455

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1275                          2023-yil 6-iyun

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin:

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklansin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA