• eye Maxsus imkoniyatlar
№1282 A.Sh.Xamrayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
08.06.2023
375

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1282                          2023-yil 8-iyun

 

A.Sh.Xamrayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. 69-Toyloq saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining aʼzosi Alisher Shonazarovich Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 2-iyundagi SQ-745-IV qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati 2023-yil 5-iyundan eʼtiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Alisher Shonazarovich Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

3. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga yuborilsin.

3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z.Nizamxodjayev