• eye Maxsus imkoniyatlar
№1311 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida
27.06.2023
259

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1311                          2023-yil 27-iyun

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari 1-ilovaga muvofiq;

xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 2-ilovaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (M. Alimbayev) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini taʼminlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

1-ILOVA

2-ILOVA