• eye Maxsus imkoniyatlar
№1322 K.Y.Ernazarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
27.07.2023
170

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1322                          2023-yil 27-iyul

 

K.Y.Ernazarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. 73-Sayxun saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2023-yil 24-iyuldagi VI-91-91-9-122-K/23-sonli qaroriga asosan Oqoltin tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati 2023-yil 24-iyuldan eʼtiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

3. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga yuborilsin.

4. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                            Z.Nizamxodjayev