• eye Maxsus imkoniyatlar
2023-yil 20-iyun kuni soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi
19.06.2023
357

Majlis kun tartibidan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish, Prezident saylovini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari o‘rin olgan.

Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.