• eye Maxsus imkoniyatlar
Ertaga 28-iyundan muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi
27.06.2023
363

Ertaga 28-iyundan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 11:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochiladi.

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 28-iyun kuni boshlanib, 2023-yil 5-iyul kuni yakunlanadi.