• eye Maxsus imkoniyatlar
30-sentabr soat 11:00 da Simpoziumlar saroyida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
30.09.2021
3200

Kun tartibidagi masalalar: 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma talablarining ijrosi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risida;
Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida.

Shundan so‘ng yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha OAV vakillari ishtirokida press-brifing tashkil etiladi.

Press-brifingni siz soat 12.45 da "O‘zbekiston 24", "UzReport" va "O‘zbekiston" telekanallari orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.