Bugun, 19-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining video-konferensiya shaklidagi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ayrim vazirlik va idoralar vakillarining axborotlari, referendumda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.