Bugun, 14-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumi davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ovoz berish huquqlarini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.