• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi to‘g‘risida axborot
12.04.2023
627

Bugun, 12-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidan ayrim referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonini video-translyatsiya qilish hamda baʼzi referendum uchastkalarida sinov tariqasida ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar hamda OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.