• eye Maxsus imkoniyatlar
O’zbekiston Respublikasining referedumida ovoz berish tartibi
12.04.2023
2490

Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

1.Fuqaro ovoz berish binosiga kelgach, uchastka komissiyasi aʼzosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.

2.Ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.

3.Fuqaroga ovoz berish byulleteni beriladi.

4.Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi.

5.Fuqaro byulletenda referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “➕” yoki “✔️” yoxud “X” belgisini qo‘yadi.

 6.Byulletenni to‘ldirgandan keyin fuqaro uni ovoz berish qutisiga tashlaydi.

7..Byulletenni qutiga tashlaganidan so‘ng ovoz beruvchi chiqish tomon yo‘l oladi.

Biolletenni to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan

boshqa shaxslarning kabina yoki xonada xozir bo‘lishi taqiqlanadi.

Fuqaro byulletenni mustaqii to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘z koxishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Ayrim fuqarolar sog‘ligining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan takdirda, ularning iltimosiga ko‘ra referendim o‘tkazuvchi uchastka komissimsi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo‘yicha, ko‘chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.