• eye Maxsus imkoniyatlar
O'zbekiston Respublikasining referendumida xorijda ovoz berish tartibi
12.04.2023
853

Ovoz beruvchi fuqarolarning  ro‘yxatiga kiritish tartibi

Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha turgan fuqarolar o‘zlarini ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida referendum kuniga kamida 15 kun qolguniga (2023-yil 14-aprelga) qadar quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:

ARIZALAR SHAKLI

YOZMA

tegishli O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalariga

ELEKTRON 

Tashqi ishlar vazirligining referendum2023.mfa.uz rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari joylashgan manzil va aloqa maʼlumotlari bilan www.mfa.uz veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

 

Referendum uchastkasida ovoz berish

Fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatiga kiritilganidan keyin:

19-26-aprel kunlari (muddatidan oldin)

30-aprel referendum kuni diplomatik yoki boshqa vakolatxonada ovoz berishlari mumkin.

 

Referendum uchastkasidan tashqarida ovoz berish

Diplomatik vakolatxona binosidan tashqarida muddatidan oldin ovoz berish 19-26 aprel kunlari (fuqarolar zich holda istiqomat qiladigan joylarda)

Ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi