• eye Maxsus imkoniyatlar
Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldning Markaziy saylov komissiyasidagi uchrashuviga doir
19.07.2019
3668
2019-yil 19-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida Germaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2019-yil 19-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida Germaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylov sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish, komissiya aʼzolarini oʻqitish, saylov standartlari va tartib-taomillarini birlashtirgan yagona Saylov kodeksining qabul qilinishi, mamlakatimiz qonunchiligidagi yangiliklar, shuningdek, Oʻzbekiston vakillarining chet davlatlarda xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtiroki bilan tanishtirdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mamlakat parlamenti va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakillantirish va ulardan foydalanish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama etildi.

Ikki tomonlama muloqot davomida tomonlar xalqaro tashkilotlar, xorijiy saylov organlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratdilar.

Oʻz navbatida, Germaniyaning xalqaro tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ushbu davlatning saylov tizimi va amaliyotining ijobiy jihatlarini yaqindan oʻrganish maqsadida hamkorlikni yanada rivojlantirish lozimligi qayd etib oʻtildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish boʻyicha konstruktiv muloqotga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtdilar.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati