• eye Maxsus imkoniyatlar
Saylovlar jarayoni turli tillarda yoritiladi
25.09.2019
2405
O‘zbekiston Respublikasida barcha millatlar vakillarining siyosiy huquqlari, shu jumladan saylov huquqini boshqa fuqarolar bilan teng va erkin amalga oshirishi davlat tomonidan kafolatlangan. Mamlakatda yashayotgan 130dan ortiq millat va elat vakillarining davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida teng va erkin ishtirok etishi, ijtimoiy imtiyozlardan bahramand bo‘lishi, o‘z etnik, milliy, diniy, til va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasida barcha millatlar vakillarining siyosiy huquqlari, shu jumladan saylov huquqini boshqa fuqarolar bilan teng va erkin amalga oshirishi davlat tomonidan kafolatlangan. Mamlakatda yashayotgan 130dan ortiq millat va elat vakillarining davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida teng va erkin ishtirok etishi, ijtimoiy imtiyozlardan bahramand bo‘lishi, o‘z etnik, milliy, diniy, til va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekistonda 138 milliy madaniy markaz, 34 do‘stlik jamiyati, 7 tilda ta'lim muassasalari, 12 tilda ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda.

Bunda O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Davlat tili haqida”, “Fuqarolik to‘g‘risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” kabi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan inson huquqlari va gumanitar huquqlarga oid xalqaro xujjatlar, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda ozchilikni tashkil qiluvchi millatlar vakillarining huquqlari va manfaatlarini, jumladan saylov huquqini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora tadbirlar BMTning milliy yoki etnik, diniy yoki til bo‘yicha ozchilikka mansub shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi talablariga to‘la mosdir.

Yurtimizda millatlararo totuvlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar barcha millat va elat vakillarining ahil-inoq yashayotganligi quvonchli hol.

Yurtimizda tojik millatiga mansub qariyb 1,5 million fuqaro istiqomat qiladi. Mamlakatimizning 10 hududida tojik milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Samarqand, Termiz, Farg‘ona davlat universitetlarida tojik tilida mashg‘ulotlar olib boriladi.

“Nurli jol” gazetasi ham O‘zbekistonning eng keksa gazetlaridan. Tajribali jurnalistlar ishlaydi.

O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq qozoq millatiga mansub fuqaro istiqomat qilmoqda. Mamlakatda 100 ga yaqin qozoq milliy-madaniy markazi va 500 dan ortiq qozoq tili o‘qitiladigan umumta'lim maktabi mavjud. Qozoq tilida kadrlar tayyorlanmoqda, ansambllar, teatr faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Koryo sinmun» («Koreys gazetasi») 1997 yildan chiqa boshlagan. 2017 yili 20 yilligini nishonladi.

Mamlakatimizda katta obro‘-e'tibor qozongan 283 nafar koreys millatiga mansub yurtdoshimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

Joriy yilning iyun' oyida poytaxtimizdagi “Do‘stlik bog‘i”da koreys diasporasi tomonidan saxovatli o‘zbek zaminidagi bag‘rikenglik, samimiylik va g‘amxo‘rlik, tinch va osoyishta hayot uchun minnatdorlik belgisi sifatida yodgorlik monumenti barpo etildi.

Shu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Saylov kodeksi o‘zbek tilidan tashqari, rus, qoraqalpoq, ingliz tillarida ham chop etildi. Kodeks normalarini turli tillarda chop etiladigan OAVda kengn targ‘ib qilib borish, saylovlar jarayonida ochiqlik, oshkoralik kabi noyob demokratik qadriyatlarni hayotda tadbiq etish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ham mamlakatimiz xayotida muxim o‘rin tutuvchi siyosiy jarayonlar, saylov kampaniyasiga oid tafsilotlarni xalqqa yetkazishda turli tillarda nashr etiladigan bosma OAV, xususan qozoq tilidagi “Nurli jol”, tojik tilidagi “Ovozi tojik”, koreys tilidagi “Koryo sinmun” kabi boshqa gazetalar bilan ham hamkorlik qilishni maqsad qilgan.

Shu munosabat bilan ushbu kun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Koryo sinmun” gazetalarining Bosh muharrirlari bilan o‘zaro hamkorlik hususida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tomonlar saylov jarayonlarini yoritishda yaqindan hamkorlik qilish haqida kelishib oldilar.


Markaziy saylov komissiyasi 
Axborot xizmati