• eye Maxsus imkoniyatlar
Demokratik saylovlarning xalqaro standartlari talabalar nigohida
02.10.2019
3238
Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligini rasman eʼlon qildi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joylarda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, saylov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq turkum tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligini rasman eʼlon qildi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joylarda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, saylov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq turkum tadbirlar tashkil qilinmoqda. 

Shunday tadbirlardan biri “Demokratik saylovlar va xalqaro standartlar” mavzusida joriy yil 2-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boʻlib oʻtdi. Unda MSK aʼzolari, Universitet uqituvchilari va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

593A1359 (2).JPG

Tadbirda takidlanganidek, Saylov kodeksi Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibini belgilaydi.

593A1392.JPG

Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat Oʻzbekiston ekologik harakati uchun kvotalangan edi. Endilikda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini umumiy saylovlarga qoʻygan holda Qonunchilik palatasidan oʻrin egallashi mumkin.


Shuningdek, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati shakllantiriladi. Unga koʻra saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida saylovchilarning roʻyxati toʻgʻrisidagi oʻzi uchun kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Saylovlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etishi hamda ularning huquq va burchlari belgilandi. Avvalgi qonunchilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar qatnashishi belgilanmagan.


Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan olishi belgilanib, “saylov varaqasi” tushunchasi chiqarib tashlandi.


Tadbirda xalqaro kuzatuvchilar avvalgi saylovlardagidan koʻra koʻproq boʻlishi, xususan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) vakillari saylovga tayyorgarlikdan to ovoz berishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni kuzatishi aytib oʻtildi.

593A1396.JPG

Tadbirda universitet talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar xaqida batafsil maʼlumot oldilar.
593A1400.JPG

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati