• eye Maxsus imkoniyatlar
Demokratik saylovlar — xalqaro va xorijiy ekspertlar nigohida
03.10.2019
2157
2019-yil 3-oktyabr kuni “Oʻzbekistonning yangilangan saylov qonunchiligi — demokratik saylovlar oʻtkazishning asosi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida yangilangan saylov qonunchiligi asosida saylovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

2019-yil 3-oktyabr kuni “Oʻzbekistonning yangilangan saylov qonunchiligi — demokratik saylovlar oʻtkazishning asosi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida yangilangan saylov qonunchiligi asosida saylovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

Mazkur tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tashabbusi bilan Markaziy saylov komissiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hamda BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

593A1558.JPG

Konferensiyada parlament quyi palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, Markaziy saylov komisciyasi, YEXHT va BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari, xorijiy davlatlar va mamlakatimiz ekspertlari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.

593A1515.JPG

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Akmal Saidov saylov qonunchiligidagi yangiliklarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov oʻz nutqida boʻlajak saylovlar xalqaro normalar va standartlarga toʻla javob beradigan yangi Saylov kodeksi asosida oʻtishini qayd etib oʻtdi. Bu yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga saylovlarda 16 mingdan ziyod saylov okruglari va saylov uchastkalari tuzilishi rejalashtirilgan. Shu vaqtgacha 70 nafar respublika trenerlari va hududlarda 748 nafar “tuman trenerlari” guruhlari shakllantirildi. Hozirgacha ushbu trenerlar tomonidan 51 mingga yaqin turli darajadagi saylov komissiyalarining raisligiga, rais oʻrinbosarligiga va kotiblligiga nomzodlar oʻqitildi. Saylovlarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha seminar-treninglarda jami 170 ming nafarga yaqin saylov komissiyalari aʼzolari oʻz bilimi va koʻnikmalarini oshirishi rejalashtirilgan.

Konferensiya ishida saylovlar boʻyicha xalqaro ekspert Renata Levovski maʼruza bilan ishtirok etdi. Xalqaro ekspertlar oʻz chiqishlarida saylovlarni oʻtkazish boʻyicha xalqaro tajriba va amaliyot toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdilar. 

Shundan soʻng, xalqaro anjuman oʻz ishini sessiyalarga boʻlingan xolda davom ettirdi. Birinchi sessiya “Saylov kodeksi — partiyalararo raqobatni taʼminlashning kafolati” mavzuiga bagʻishlandi. Unda yangilangan saylov qonunchiligi talablari asosida partiyalarning saylovlardagi ishtiroki va partiyalararo raqobat masalalari atroflicha muhokama etildi.

593A1656.JPG

Ikkinchi — “Saylov kodeksi — saylov ochiqligini taʼminlashning kafolati” mavzusidagi yoʻnalishda esa, saylovlar jarayonlarini yoritishda OAVning ishtiroki hamda mazkur jarayonlarni yoritishda saylov va axborot qonunchiligi talablariga rioya qilish masalalari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

593A1596.JPG

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati