• eye Maxsus imkoniyatlar
Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligida qanday tadbirlar oʻtkaziladi?
11.10.2019
2217
Saylovlar – demokratiya koʻzgusi. Bu muhim siyosiy tadbir – har bir fuqaro oʻzining siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov Kodeksida oʻzi ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilingan yangi Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.

Saylovlar – demokratiya koʻzgusi. Bu muhim siyosiy tadbir – har bir fuqaro oʻzining siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov Kodeksida oʻzi ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilingan yangi Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik standartlar bilan yoʻgʻrilgan. Unda ilgari saylovlarda toʻplangan boy tajribamiz, ilgʻor davlatlar tajribasi oʻrganildi, xalqaro tashkilotlarning saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyalar taklif hamda tavsiyalari inobatga olindi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligi milliy huquqiy tizimdagi eng dinamik va izchil rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda ochiqlik va oshkoralikka amal qilish asosiy vazifalarimizdandir. Bugun okrug saylov komissiyalari rais, uning oʻrinbosarlari va aʼzolarini tasdiqlab olib, barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, mustaqillik va adolatlilikka rioya qilish kabi prinsiplar asosida faoliyat yuritishini eslatib oʻtish oʻrinli.

Mamlakatimizning kuchli demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlidagi jiddiy qadami saylovlarning nechogʻlik demokratik ruhda ekanligida namoyon boʻladi. Bugun Oʻzbekiston yangilanish davrida saylov-2019ning asosiy shiorida ham aksini topgan, Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar! Shuning uchun bugun biz fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligi, fuqarolik burchini chuqur anglashiga alohida urgʻu qaratmoqdamiz.

Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida xalqning oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishi, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki muhim boʻlib hisoblanadi. Saylovlarda faol ishtirok – fuqarolar siyosiy va huquqiy ongi hamda siyosiy madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Butun xalqimiz, saylovchilarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Saylovchilar jamiyatda olib borilayotgan demokratik islohotlar va ularning samaralaridan keng xabardor boʻlgan, oʻz ovozi jamiyat hamda davlat hayoti, mamlakatining kelajagi uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini anglab yetgan taqdirdagina saylovlardan koʻzlangan maqsadga erishish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va saylov qonunchiligiga kiritilgan soʻnggi yangiliklar, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati, shuningdek saylovchilarning huquq va erkinliklarini keng tushuntirish boʻyicha ishlar samaradorligini yanada oshirish – davr talabi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonida, saylovchilarning huquqiy madaniyati darajasi yanada yuksaltirish maqsadida, 2019-yilning 20-oktyabridan 20-noyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasida “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi” oʻtkazish, targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, “Saylov qonunchiligidagi yangiliklar” mavzuida uchrashuvlar oʻtkazib borish, umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida “Men ham kelajakda ovoz beraman!” mavzuida saylovlarning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchalarini shakllantirish, “Mening ovozim – Vatanim kelajagi”, “Men shaxsan oʻzim ovoz beraman!”, “Saylovchilar roʻyxatida bormisiz?” mavzularda turkum tadbirlar oʻtkazish tavsiya etildi.