• eye Maxsus imkoniyatlar
Qarshida YXHTning ekspertlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi
12.10.2019
1954
Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Unda YXHTning ekspertlari Doyna Bordeyanu va Vadim Motsarskiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining davlat hokimiyati vakillik organlari, saylov komissiyalari aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

saylovlar_demokratik_va_khal_aro_mezonlar_asosida_tadi.jpg

Tadbirda Oʻzbekistonda saylov kodeksining qabul qilinishi va unga kiritilgan yangiliklar mazmun-mohiyati, saylovga oid boʻlgan xalqaro hujjatlar bilan saylov jarayoni ishtirokchilari yaqindan tanishtirildi.

- Maʼlumki, milliy saylov qonunchiligini takomillashtirish maqsadida mamlakatimizda ilk bor Saylov kodeksi qabul qilindi, – deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibiyat boʻlim boshligʻi Farhod Nasriddinov. – Ushbu kodeks Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Bizning vazifamiz joylarda seminar-treninglar tashkil etish orqali saylov jarayoni ishtirokchilariga kodeksda koʻzda tutilgan qoidalarni, yangiliklarni batafsil tushuntirishdir. Maqsad joriy yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish va fuqarolarning xohish-irodasini erkin bildirilishini taʼminlash.

Shuningdek, tadbirda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar kuzatuvchilarining parlament saylovlarida ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida, saylov kuzatuvchilarining xalqaro standarti, ularning odil saylovlarni qoʻllab-quvvatlashdagi roli, xalqaro kuzatuvchilarning oʻzini tutish qoidalari, baholash standartlari, saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda davlat hokimiyatining roli va oʻrni, YEXHTning saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasining asosiy xulosalari va ehtiyojlarni baholash, boʻlajak saylovlardagi imkoniyatlar va muammolar kabi masalalarda fikr almashildi.

Oʻ.BAROTOV, OʻzA