• eye Maxsus imkoniyatlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazuvchi 65 ta okrug va okruglik saylov komissiyalari tashkil etildi
17.10.2019
2228
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ye.Djumanazarov rahbarligida mahalliy ommaviy axborot vositalari va barcha partiyalar vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi.

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ye.Djumanazarov rahbarligida mahalliy ommaviy axborot vositalari va barcha partiyalar vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Saylov kodeksi”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Saylov toʻgʻrisida”gi Nizomi va joriy yil 22-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylovlarni oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazuvchi 65 ta okrug va okruglik saylov komissiyalari tashkil etildi va Markaziy saylov komissiyasining bu haqdagi qarori matbuotda eʼlon qilindi. Shuning bilan birga, yaqin kunlarda rejadagi 622 ta saylov uchastkalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish begilangan.

Brifing davomida Xalqaro matbuot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi rahbari A.Yembergenov tomonidan matbuot markazining tashkil etilishi va markazda xalqaro koʻzatuvchilar va OAVlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida nutq soʻzlab, mahalliy OAVlari vakillarini saylov jarayonlarini tezkor va ishonchli yoritishda hamkorlikga chaqirdi.

Tadbir soʻngida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ye.Djumanazarov tomonidan OAV vakillarining saylov jarayoniga oid boshqa maʼlumotlar yuzasidan soʻrovlariga batafsil maʼlumotlar berildi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Axborot xizmati