• eye Maxsus imkoniyatlar
Mirobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari ishtirokida seminar-mashgʻulot oʻtkazildi
18.10.2019
1997
Toshkentda shahar Kengashiga 60 ta, tuman Kengashlariga 327 ta saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Bugungi kunda okrug saylov komissiyalari oʻzlari uchun ajratilgan binolarda faoliyatini boshladi.

Toshkentda shahar Kengashiga 60 ta, tuman Kengashlariga 327 ta saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Bugungi kunda okrug saylov komissiyalari oʻzlari uchun ajratilgan binolarda faoliyatini boshladi.

Bu haqda joriy yil 18-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasining Mirobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan seminar mashgʻulotda maʼlumot berildi.

Seminar mashgʻulotida qatnashchilarga tuman saylov komissiyalari oldida turgan vazifalar, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining Saylov kodeksi 22-moddasida belgilangan vakolatlarni amalga oshirish hamda tuziladigan saylov uchastkalari joylashuvi, markazi uchun ajratiladigan binolar va saylovchilar xaqidagi maʼlumotlarni xar tomonlama aniq va puxta boʻlishini taʼminlash masalalari atroflicha tushuntirildi.

Seminar mashgʻulotida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi aʼzosi B.Yunusov tomonidan Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida yangi Saylov kodeksining mazmun mohiyati saylovchilar, saylov tashkilotchilari va aholiga keng qamrovli targʻibot orqali yetkazish boʻyicha maʼlumot berildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati