• eye Maxsus imkoniyatlar
Respublika boʻylab sud xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda
18.10.2019
2010
Joriy yilning 18-oktyabr kuni Buxoro va Navoiy viloyati sudya va sud xodimlari ishtirokida saylov qonunchiligi va saylov huquqi buzilishi boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan tadbirda Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahar sudyalari ham ishtirok etdilar.

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Buxoro va Navoiy viloyati sudya va sud xodimlari ishtirokida saylov qonunchiligi va saylov huquqi buzilishi boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan tadbirda Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahar sudyalari ham ishtirok etdilar.

 

Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston. Yangi saylovlar” shiori ostida oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi, Saylov kodeksi va undan oʻrin olgan 30 dan ortiq yangi normalarda oʻz ifodasini topgan koʻplab oʻzgarishlar, saylov qonunchiligidagi yangiliklar haqida soʻz yuritildi.

photo_2019-10-18_14-59-44 (2).jpg

Seminar-trening ishtirokchilariga “Saylov tizimlarining xalqaro fondi” (IFES) aniqlagan saylovga oid nizolarni samarali koʻrilishini tartibga soluvchi yettita mezon toʻgʻrisida, shuningdek, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida”gi xalqaro pakt, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “MDH mamlakatlarida demokratik saylovlar, saylov huquqi va erkinliklari toʻgʻrisida”gi Konvensiya kabi xalqaro hujjatlarning mazmun mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

 

Soʻzga chiqqanlar xorijiy davlatlarda saylov qonunchiligi buzilishi hamda saylanuvchi va saylovchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha joriy etilgan standartlarni Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Serbiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gruziya davlatlari misolida koʻrib chiqishdi.

photo_2019-10-18_14-59-51 (2).jpg

Soʻzga chiqqanlar tomonidan takidlanganidek, saylovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonida huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilab qoʻyilgan.Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda saylovga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi 8 ta modda oʻz ifodasini topgan. 

Mashgʻulotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari, referendum komissiyalari faoliyatiga aralashganlik uchun, ularning qarorlarini bajarmaganlik uchun, nomzod, ishonchli vakil, kuzatuvchi yoki siyosiy partiyaning vakolatli vakilining huquqlari buzilganligi uchun, referendumga qoʻyilgan masalalar boʻyicha saylovoldi tashviqoti, tashviqot ishlarini olib borish shartlari va tartibini buzganlik uchun, nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun, saylov yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish paytida axborot va tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilgan yoki buzganlik uchun, maʼmuriy javobgarlik xususida soʻz bordi.

Tadbirda bu va boshqa masalalar boʻyicha  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va masʼul xodimlari, Toshkent davlat yuridik institutining professor-oʻqituvchilari  batafsil tushuntirish berib oʻtdilar.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati