• eye Maxsus imkoniyatlar
Farg'ona viloyatida bo'lib o'tgan Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining 49 - qo'shma sessiyasiga oid
19.10.2019
2900
Shu yilning 18-oktabr kuni Farg'ona viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining 49 - qo'shma sessiyasi bo'lib o'tdi.

Shu yilning 18-oktabr kuni Farg'ona viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining 49 - qo'shma sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada viloyat hokimi o'rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat hokimligi boshqarma va bo'limlari, bank, moliya, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar rahbarlari, viloyatdan saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatlari, Kengashlar huzuridagi doimiy komissiyalar raislari, shahar-tuman hokimlari o'rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda 2019-yilning 22-dekabr kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi o'rinbosari Fayzullo Qosimov, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Orzigul Qozixonovaning ma'ruzasi tinglandi.

Ta'kidlanganidek, bu galgi saylovlarda Farg'ona viloyatidan 2 million 334 ming saylovchi ishtirok etishi kutilyapti. Hozirgi kunda viloyatda 1050 ta saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va belgilangan tartibda faoliyat olib borishi uchun izchil sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Ayni jarayonda xalqaro matbuot markazi tashkil etilib,saylov jarayoniga jalb etilayotgan mas'ul xodimlari ishtirokida seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

Sessiyada ushbu jarayonda siyosiy partiyalar, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari mas'uliyati, faolligini yanada oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matubot xizmati