• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati saylovlarda hamkorlik qiladi
19.10.2019
2205
2019-yilning 19-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati o'rtasida Kelishuv bitimi imzolandi. Kelishuvga ko'ra, taraflar 2019 yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida o'zaro hamkorlik qiladi.

2019-yilning 19-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati o'rtasida Kelishuv bitimi imzolandi. Kelishuvga ko'ra, taraflar 2019 yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida o'zaro hamkorlik qiladi.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017—2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq «Yuksalish» umummilliy harakati — nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo'linmalari tashkil etilgan.

«Yuksalish» umummilliy harakatining asosiy maqsadi O'zbekiston taraqqiyotiga befarq bo'lmagan barcha fuqarolar, shu jumladan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida birlashtirish, xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish; jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa'y-harakatlari va kuchlarini safarbar etishdan iborat.

«Yuksalish» umummilliy harakati ushbu maqsad yo'lida yigirmadan ortiq mahalliy va xorijiy nufuzli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda Harakatning 5 mingdan ortiq a'zolari bor.

Ushbu imkoniyatlardan keng foydalangan holda imzolangan Kelishuv doirasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, “2019-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha asosiy tadbirlar Dasturi” hamda saylovlar jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini saylovchilar o'rtasida, shu jumladan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarda keng tushuntirish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish;

Saylovlar jarayonining oshkoraligi, ochiqligi va transparentligini ta'minlash maqsadida turli so'rovlar va infografika suratlarini tayyorlash orqali saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish;

Markaziy saylov komissiyasi taklifiga asosan saylovlar kampaniyasini yoritishda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari va ular tavsiya etgan ekspertlar ishtirokida tahliliy maqolalar tayyorlashga ko'maklashish hamda ommaviy axborot vositalarida, jumladan xorij matbuoti, ijtimoiy tarmoqdlarda e'lon qilishni tashkil etish maqsadga muvofiq deb topildi.

Xabarlaringiz bor, joriy yil 11-oktyabr kuni bo'lib o'tgan Markaziy saylov komissiyasining yig'ilishida, markaziy saylov komissiyasi tomonidan mamlakatimiz milliy saylov tarixida ilk bora 20-oktyabrdan – 20-noyabrga qadar Saylov qonunchiligi targ'iboti oyligini o'tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Ushbu qarorda mamlakatimizning eng oliy organlari — Oliy Majlis Palatalari, Vazirlar mahkamasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, vazirliklar, idoralar, qo'mitalar, agentliklar, kampaniyalar bilan bir qatorda fuqarolik jamiyatining faol institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga ham tavsiya va vazifalar yuklatilgan.

Tomonlar o'rtasida imzolangan Kelishuv “Saylov targ'iboti oyligini” o'tkazish haqidagi MSK Qarori ijrosida ham muhim o'rin tutadi.


Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati