Saylovlar jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Ular saylovchilarni saylov jarayonlarining borishidan xabardor etish, saylovoldi tashviqotini olib borish, nomzodlarni tashviq qilishda muhim vosita boʼlib xizmat qiladi.
Bu borada OАV bilan aloqalarini taʼminlash, mustahkamlash va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Аyni shu maqsadda MSK Matbuot xizmatiga Rizaev Navroʼz Ibodullaevich rahbar etib tayinlandi.
Navroʼz Rizaev 1969 yilda tugʼilgan, oliy maʼlumotli - Tbilisi davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, rus va gruzin tili oʼqituvchisi. 2017 yildan Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar boʼlimining katta muharriri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati