• eye Maxsus imkoniyatlar
Saylov qonunchiligi targʼiboti davom etmoqda
23.10.2019
3335
Shu yilning 22 dekabr sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga boʼlib oʼtadigan saylovlar tobora yaqinlashmoqda. “Yangi Oʼzbekiston — yangi saylovlar!” umumshiori ostida oʼtadigan muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ayni avjida. Bu jarayonda aholining huquqiy madaniyati, xususan, saylov qonunchiligidan habardorligini oshirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori bilan mamlakatimiz boʼylab 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar “Saylov qonunchiligi targʼiboti oyligi” oʼtkazilmoqda.

Mazkur oylik munosabati bilan viloyatning barcha hududlarida, mehnat jamoalarida Saylov kodeksi mazmun-mohiyatini keng ommaga tushuntirish, saylovlarning mamlakatimiz siyosati, xalqimiz hayotidagi ahamiyatini targʼib etishga doir koʼplab uchrashuv va muloqotlar, davra suhbatlari, amaliy mashgʼulotlar oʼtkazilmoqda.

Аna shunday tadbirlarning navbatdagisi Nurafshon shahridagi viloyat Аdliya boshqarmasida tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʼtkazuvchi 94-Nurafshon okrugi hududidagi aholi vakillari, okrug aʼzolari, tegishli jamoat tuzilmalari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etish joizki, ayni paytda viloyatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʼtkazuvchi 13 ta, Xalq deputatlari Toshkent viloyatiga saylov oʼtkazuvchi 60 ta, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov oʼtkazuvchi 626 ta okrug saylov komissiyalari tuzildi. Shuningdek, 950 ta saylov uchastkasi mavjud. Saylovlarda ovoz beruvchilar soni 1 mln 830 ming 676 nafarni tashkil etmoqda.

Аnjumanda soʼzga chiqqan Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov, mazkur komissiya aʼzosi Bahodir Yunusov va boshqalar xalqimizning siyosiy ongi va madaniyati jamiyatda kechayotgan yangilanish va oʼzgarishlarga monand oʼsib borayotgani, jamiyatda ochiqlik taʼminlanayotgani, boʼlajak saylovlar Saylov kodeksi asosida oʼtishi ayni jarayonga hamda yuksak demokratik tamoyillarga toʼla muvofiq ekani xususida soʼzlab, kodeksning oʼziga xos muhim jihatlari hususida fikr yuritdilar.

Shuningdek, okrug komissiyalari aʼzolariga saylovlarni yuqori darajada tashkil etish, bu borada kodeksda nazarda tutilgan tamoyillarga ogʼishmay amal qilish borasidagi zarur tavsiyalar berildi va fikr va mulohazalar almashildi.

Xalqaro Matbuot markazi

Toshkent viloyati boʼlimi