Saylovlar jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Ular saylovchilarni saylov jarayonlarining borishidan xabardor etish, saylovoldi tashviqotini olib borish, nomzodlarni tashviq qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Bu borada OAV bilan aloqalarini ta’minlash, mustahkamlash va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda MSK Matbuot xizmatiga Nazirov Dilshodbek Boxadirovich rahbar etib tayinlandi.
Dilshodbek Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 2018-yil 6-yanvardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi «O‘zbekiston 24» telekanali Xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati