• eye Maxsus imkoniyatlar
Samarqandda 4075 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
20.12.2019
1607
O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 57-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 57-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.

Saylov qonunchiligiga muvofiq, joriy yilning 12 — 18 dekabr kunlari saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari tashkil etildi.


Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida viloyat saylov komissiyasi raisi S. Nuriyev muddatidan oldin ovoz berish yakunlari xususida axborot berdi.

Ta’kidlandiki, viloyatdagi mavjud 1052 ta saylov uchastkalaridan 373 tasida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi. Ularda 4075 nafar saylovchi muddatidan oldin o‘tkazilgan ovoz berdi. Eng ko‘p ovoz berish jarayonlari 56-Registon saylov okrugi hududida qayd etilgan bo‘lib, 654 nafar saylov muddatidan oldin o‘z nomzodlariga ovoz bergan.


Matbuot anjumani davomida “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJ texnik direktori E. Mamasoliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Xo‘jamberdiyevlar saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, barcha saylov uchastkalarida saylov kuni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar uchun ham tegishli ishlar amalga oshirilgan. Saylov kuni viloyatdagi 4 ta saylov uchastkasidagi ish jarayoni onlayn tartibda efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan. Bundan tashqari viloyatdagi barcha saylov uchastkalariga mas’ullar biriktirilib, aloqa va internet tarmog‘i sifatli ishlashi nazoratga olingan.Viloyatning uzoq hududlaridagi 14 ta saylov uchastkasi saylov kuni sputnik orqali aloqa va internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi.

Anjuman yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari javob oldi.

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA