20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kengash ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasi kotibiyati rahbari X.Mamatov bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ishlari jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari tobora kengayib borayotgan sharoitda o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Milliy saylov qonunchiligi tubdan yangilanib, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksalmoqda, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli mustahkamlanib, saylovlar xalqaro standartlarga mos – ochiq-oshkora va shaffof o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotir.
Ta’kidlash joiz, Missiya saylov jarayonining borishi haqida materiallarni to‘plash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va televizion dasturlar hamda bosma OAVda e’lon qilinayotgan saylovga oid materiallarni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
Markziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati