• eye Maxsus imkoniyatlar
Sergey LEBEDEV : Fuqarolarning erkin ovoz berishi uchun barcha shartlar yaratilganiga guvohmiz
21.12.2019
1979
MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.

– Mamlakatimizda bo‘lib turgan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi ayni kunlarda o‘z e’tiborini O‘zbekistonda tashkil etiladigan saylovlarga qaratgan. Tuzilma kuzatuvchilari bir oydan buyon mamlakatingizning turli hududlarida bo‘lib, saylovga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonini kuzatdilar. Missiyamiz barcha saylovoldi jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, saylovni o‘tkazishga aloqador tuzilmalar, jumladan, Ichki ishlar, Tashqi ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor yangi Saylov kodeksi qabul qilindi va unda xalqaro saylov huquqining barcha tartib-qoidalari belgilangan. Kodeksni O‘zbekiston fuqarolari o‘z xohish-irodasini erkin namoyon qilishlarining kafolati, deyish mumkin.

Qayd etish kerak, saylov kampaniyasi sifatli tashkil etilgan. Ovoz berishda kamchiliklar bo‘lmasligi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Bu esa saylov natijalarini xalq kutganidek bo‘lishini kafolatlaydi.

Missiya a’zolari MDHga a’zo sakkiz mamlakat vakillaridan iborat. Boy hayotiy tajribaga ega a’zolar saylov jarayoniga munosib baho beradi.

O‘zA muxbiri Saidmurod RAHIMOV yozib oldi