• eye Maxsus imkoniyatlar
O‘zbekiston Qahramoni Abdimurod Bozorov munosib nomzodga ovoz berdi
22.12.2019
1726
Qamashi tumanidagi Sarbozor qishlog‘ida joylashgan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 135-Gʻuzor saylov okrugiga qarashli 788-saylov uchastkasida saylovlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Saylov uchastkasi uchastka xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari, ya’ni telefon, printer, internetga ulangan va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari, yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlangan.

Kuzatuvchilar uchun alohida joylar hozirlangan. Chaqiruv plakatlari, saylov qutisi, barcha nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, shahar, tuman saylov komissiyalari tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi, saylovchilarning tartib bilan tizilgan ro‘yxati, tibbiyot xonasi, yashirin ovoz berish uchun kabinalar — barcha-barchasi tayyorgarlikning saviyasi burungi saylovlardan sezilarli darajada ortganini ko‘rsatib turibdi.

– Bizning yoshdagi odamlarda bir necha saylovlarni solishtirib ko‘rish imkoni bor, – deydi Abdimurod Bozorov. – Bugungini avvalgilari bilan taqqoslasak, katta farq sezilib turibdi. Bu olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida ham, saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlariga ko‘rilgan tayyorgarlikda ham namoyon bo‘lmoqda. Saylov kodeksi qabul qilinishi naqadar hayotiy zarurat bo‘lganini bugun saylov chog‘ida ovoz berish uchun kelayotgan odamlarning kayfiyatidan chuqur his qildim. Ochig‘i, senator sifatida kodeksning qabul qilinishida ishtirok etganimdan quvonib ketdim. Uchastkada ovoz berish jarayoni yuqori saviyada tashkil qilinibdi. Hech qanday ovoragarchiliksiz o‘zim tanlagan nomzodlarga ovoz berdim.

Mazkur uchastkada 2 ming 418 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘zi tanlagan nomzodlarga ovoz bermoqda. Qo‘shni Qirqqiz qishlog‘i aholisi ham shu yerda ovoz berishda ishtirok etmoqda. Komissiya raisining ma’lum qilishicha, ikki qishloq orasidagi masofa 5-6 kilometrni tashkil etsa-da, yo‘l bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Chunki ikki qishloq orasida transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

O‘.BAROTOV, O‘zA